Bu haqida «O‘zgidromet» maʼlum qildi.
Prognozga ko‘ra, 20 aprel, dushanba kuni mamlakat hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 24-29 daraja atrofida bo‘ladi.
21—23 aprel kunlari respublika bo‘yicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qayd etiladi. 21 aprelda harorat kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi, 22—23 aprelda asta-sekin 18-23 darajagacha pasayadi.
20—22 aprel kunlari respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda dushanda kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Seshanba kuni, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati 20—21 aprel kunlari 25-28 daraja atrofida bo‘ladi.
22—23 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzgi harorat 22 aprelda 24-26 daraja, 23 aprelda 20-22 daraja bo‘ladi. 24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.