"Biz boshlagan islohotlar, bu – faqat raqamlar yoki hisobotlar emas. Bu – har bir oila, har inson hayotida seziladigan, farovonlik va taraqqiyot sari yoʻnaltirilgan haqiqiy oʻzgarishlardir.
Bugun ham Andijonda keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha eng muhim vazifalarni belgilab oldik. Aholi va tadbirkorlar kayfiyatiga taʼsir koʻrsatadigan barcha masalalarga toʻxtalib, viloyat uchun zarur mablagʻlarni ham hal etdik.
Agar barchamiz bir boʻlib, hamjihat boʻlib ish olib borsak, yutuqlarimiz yanada koʻpayadi, biz zabt etolmaydigan marraning oʻzi boʻlmaydi, Andijon yanada obod boʻladi, men bunga ishonaman!", — dedi davlatimiz rahbari soʻzining yakunida.