Unda Oliy Majlis Senati Raisi birinchi oʻrinbosari S. Safoyev ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Jizzax viloyati hokimligi, “Silverleafe” MCHJ qoʻshma korxonasi vakillari, klasterga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari raislari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, fermer xoʻjaliklari raislari va ekspertlar ham qatnashdi.
Davra suhbatida mamlakatimizda klasterlar faoliyatini rivojlantirishda ustuvor yoʻnalishlar, mavjud muammolar, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Oliy Majlis Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan Ishchi guruhi tuzilib, mazkur yoʻnalishda oʻrganishlar olib borilgan.
Soʻnggi yillarda klasterlarning erishayotgan natijalari bu sohada qonunchilik bazasini mustahkamlash va keng imkoniyatlarni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Ishtirokchilar ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, zamonaviy, eng ilgʻor texnologiyalarni joriy qilishda xalqaro tajribani oʻrganib, tatbiq qilish, fermerlar bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlar, investitsiya kiritish, ish oʻrinlarini yaratish, eksport, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash jarayonlarini qamrab olish va boshqa jarayonlarni tartibga soluvchi adolatli va qatʼiy talablar belgilash lozimligini taʼkidladi.
Tadbir davomida bildirilgan taklif va mulohazalar ishlab chiqilayotgan Klasterlar faoliyatini tartibga soluvchi Nizom va boshqa hujjat loyihalarida oʻz aksini topadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.