Muloqot chogʻida maktabgacha taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Koreya munosabatlarining bugungi holati va mazkur munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama etildi.
Koreya tomoni maktabgacha taʼlim sohasida qoʻshma loyihalarni, xususan, KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish” kabi qoʻshma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi bunyodkorlik ishlarini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim agentligi matbuot xizmati.