Farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi;
  • Agentlik huzurida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi.

2024-yil 1-oktyabrdan sanoatlashgan yangi intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.

2024-yil 1-oktyabrdan yangi bogʻlarni barpo etishni Jamgʻarma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

  • 1-bosqichda – yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda;
  • 2-bosqichda – koʻchat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda;
  • 3-bosqichda – sugʻorish tizimlarini oʻrnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda;
  • 4-bosqichda – bogʻ hosilga kirgunga qadar 3-yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.