баннер
22 Fev 2025
05:56

    Ahmad ash-Shara' Suriyaning Prezidenti deb e'lon qilindi

    Suriyaning yangi hokimiyatlari rahbari Ahmad ash-Shara' o'tish davrida mamlakat Prezidenti lavozimini egalladi.

    Bu haqda harbiy harakatlar boshqarmasi (yangi hokimiyat boshqaruv organi) bayonotida aytiladi, matni uning Telegram-kanalida chop etildi.

    “Biz Ahmad ash-Shara'ning o'tish davrida mamlakat Prezidenti lavozimiga kirishganini e'lon qilamiz, u Suriya Arab Respublikasi rahbari vazifasini bajaradi va xalqaro forumlarda uning vakili bo'ladi”, deyiladi bayonotda.

    Unda “oldingi tuzum davrida tuzilgan Xalq kengashi (parlament) va [parlament bilan bog'liq] barcha qo'mitalar tarqatib yuborilgani”, shuningdek, “mamlakatning 2012-yilgi konstitutsiyasi va favqulodda vaziyatlarda qabul qilingan barcha qonunlar bekor qilingani” haqida xabar berilgan”. Ta'kidlanishicha, Ahmad Al-Shara' Suriya Prezidenti sifatida “[yangi] doimiy konstitutsiya tasdiqlanib, kuchga kirgunga qadar o'tish davrida faoliyat yuritadigan vaqtinchalik qonunchilik kengashi”ni shakllantirishni o'z zimmasiga oladi, deb xabar beradi tass.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech