U oʻz davrida diniy xurofot zulmatida chaqinday chaqnab chiqqan buyuk siymo sifatida Sharq va Gʻarbda mashhur.
Sahna asarida qomusiy olim Ahmad Fargʻoniyning hayoti va ijodi, falakiyot, matematika rivojiga qoʻshgan salmoqli hissasi haqida hikoya qilinadi.
Buyuk alloma oʻsha davrning ilmiy markazi “Bayt ul-Hikma”da, soʻng qadimgi Fustot (hozirgi Qohira) da kechgan, ilm va jaholat, ziyo va zulmat ichra kechgan keskin ziddiyatlarga toʻla hayoti oʻz ifodasini topgan.
Asarni, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanʼat arbobi Marat Azimov sahnalashtirdi.
Rasuljon Kamolov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.