Ahmadaliev chempionlik kamarlari himoyasi uchun jang qiladi

    Sport 17 Sentabr 2020 1995

    Professional boks tarixidagi rekord – eng kam jang o'tkazib, ikki kamarni qo'lga kiritgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangi bo'yicha ma'lumotlar tarqatilmoqda.

    Ma'lum qilinishicha, bokschimiz noyabr` oyining oxirgi haftasida ringga ko'tariladi va unda o'ziga tegishli bo'lgan WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini himoya qiladi. Ahmadalievning raqibi IBF yo'nalishida majburiy da'vogar va vaqtinchalik jahon chempioni yaponiyalik Ryosuke Ivasa bo'lishi kutilyapti. Bu borada tomonlar muzokaralarni olib bormoqda.

    Ushbu boks oqshomi “Matchroom” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi va unda bir qator mashhur nomlar jang o'tkazishi kutilyapti.

    Ma'lumot uchun, Murodjon Ahmadaliev shu paytga qadar prof boksda 8 ta jang o'tkazib, barchasida g'olib bo'lgan bo'lsa, bo'lajak raqibi Ryosuke Ivasa 27 ta jangda qatnashib, ularning 24 tasida g'olib bo'lgan. 3 bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.

    Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
    Matbuot xizmati​