Xabarga koʻra, Shovot tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi yordamchi inspektori R. fuqaro N.ga 7 600 AQSH dollari evaziga kam taʼminlangan oilalarga beriladigan uylardan birini olib berishni vaʼda qilgan.
Kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarni firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.