Farmonga koʻra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi:

  • hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar quriladi;
  • qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar boʻyicha kompensatsiya va kafilliklar icha taqdim etiladi;
  • koʻp qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi;
  • ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi;
  • kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratiladi;
  • banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi.