Aholi murojaati deputat eʼtiborida: muammolar bartaraf etildi
Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashi deputati Munavvar Hojiyeva bir guruh saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda oʻrgandi.
Oʻrganishlar davomida tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari oʻrinbosari F.Nurillayev tashabbusi bilan tuman Markaziy koʻp tarmoqli poliklinika qoshidagi Oilaviy poliklinika faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi.
Xususan, muassasada issiqlik taʼminoti yaxshilandi, yangi choyshablar bilan taʼminlandi hamda konditsioner oʻrnatildi. Natijada fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilib, tibbiy xizmat sifati yanada yaxshilandi.
Hamkorlik materiali










