Gʻallaorol va Baxmal tumanlari aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabulda Oliy sud raisining oʻrinbosari X.Toʻraxojayev va Oliy sud sudyalari ishtirokida 38 nafar fuqaroning arizalari qabul qilindi.
Shundan 17 nafari jinoyat ishlari boʻyicha, 16 nafari fuqarolik ishlari boʻyicha, 5 nafari maʼmuriy sudlarga oid oʻz murojaatlarini yoʻllashdi.
Murojaatlardan 11 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi, 26 ta murojaat joyida ijobiy xal etildi. 1 ta murojaat boʻyicha esa kassatsiya tartibida shikoyatlar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida xal qilish uchun qabul qilindi.
Shundan sayyor qabul davomida sayyor sud majlislari oʻtkazilib, jinoyat ishlari boʻyicha Gʻallaorol tuman sudi tomonidan 3 nafar, Baxmal tuman sudi tomonidan 3 nafar shaxs jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
3 nafar shaxs tomonidan sayyor qabul davomida murojaatiga yechim topilgani sababli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rahbariyati nomiga yozma ravishda tashakkurnoma taqdim etildi.
Mazkur sayyor qabulning ilk kuni koʻtarinki ruhda oʻtdi. Navbatdagi ommaviy sayyor qabul Jizzax viloyatining Doʻstlik tumani va Jizzax shahrilarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.