SHu maqsadda bugun institut rektori, professor, xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashi deputati SH.Teshaev boshchiligidagi tibbiyot sohasi mutaxassislari G'ijduvon tumanida bo'lib, aholi bilan sayyor qabul o'tkazdi.
Sayyor qabul jarayonida murojaat qilgan fuqarolar uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida imtiyozli davolanish imkoniyati yaratildi. Bu orqali institut nafaqat ta'lim, balki amaliy tibbiyot sohasida ham xalq xizmatida ekanini amalda namoyon etdi.
SHuningdek, G'ijduvon tumanidagi musiqa maktabi binosida ham keng qamrovli tibbiy ko'riklar tashkil etildi. Ularda institutning 40 nafardan ortiq malakali mutaxassislari, professor va shifokorlar faol ishtirok etdi.
Tadbirlarda nafaqat sog'liqni saqlash, balki jamiyatda tibbiy madaniyatni shakllantirishga doir muhim masalalar yuzasidan joylardagi muammolar eshitilib, tegishli echimlar ishlab chiqilishi ma'lum qilindi.
Bunday tashabbuslar jamiyatda profilaktik nazoratga e'tiborni kuchaytirish, erta tashxis qo'yish va aholi orasida tibbiy xabardorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Aholi mazkur tadbirlarga chuqur minnatdorlik izhor etib, bunday ezgu va foydali tashabbuslarning muntazam o'tkazilishini qo'llab-quvvatlashlarini mamnuniyat bilan ta'kidlashdi.











