Qaror bilan yoqilgi-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyuldan va 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi narxlari tasdiqlandi (narxlar bilan yuqoridagi jadval orqali toʻliq tanishishingiz mumkin).
Qaror bilan 2022-yil 15-iyuldan boshlab:
1 kVt soat elektr energiyasi uchun quyidagicha narxlar oʻrnatiladi:
- aholi uchun oʻzgarishsiz, yaʼni – 295 soʻm;
- NKMK, OKMK va byudjet tashkilotlari uchun – 800 soʻm (hozirda 450 soʻm);
- qolgan yuridik shaxslar uchun – 600 soʻm (hozirda 450 soʻm).
1 kub metr tabiiy gaz uchun quyidagicha narxlar oʻrnatiladi:
- aholi uchun oʻzgarishsiz, yaʼni – 380 soʻm;
- NKMK, OKMK va byudjet tashkilotlari uchun – 1 300 soʻm (hozirda 660 soʻm);
- avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari uchun – 1 150 soʻm (hozirda 1000 soʻm);
- issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 000 soʻm (hozirda 660 soʻm);
- qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 100 soʻm (hozirda 660 soʻm).
Suyultirilgan gaz narxi ham aholi uchun oʻzgarishsiz (1 120 soʻm) qoldiriladi.
Shuningdek, korxonalarni uzoq muddatli rejalashtirishga moslashtirish, operatsion samaradorlikni va energotejamkorlikni oshirish maqsadida joriy yil uchun yangi narxlar bilan birga, 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi narxlar ham mazkur qaror bilan belgilab berildi.
Bunda, 2023-yil 1-apreldan quyidagi narxlar joriy etiladi:
Elektr energiyasi boʻyicha:
- Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun 850 soʻm;
- qolgan yuridik shaxslar uchun – 700 soʻm.
Tabiiy gaz boʻyicha:
- issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 200 soʻm;
- Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun – 1 350 soʻm;
- avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari uchun – 1 350 soʻm;
- qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 350 soʻm.
2023-yil 1-apreldan oʻrnatiladigan yoqilgʻi-engergetika resurslarining narxlari kelgusi yillarda qayta koʻrib chiqilishida inflyatsiya darajasiga indeksatsiya qilib boriladi.
2026-yildan boshlab esa elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga oʻtiladi hamda narxlar erkin shakllanadi.