Joriy yilning 1-fevral kunidan boshlab respublikamizning barcha hududlarida suv hisoblagichsiz ichimlik suvidan foydalanuvchi isteʼmolchilarga 4 turdagi quyidagi isteʼmol meʼyorlari qoʻllaniladi.

Xususan:

ichimlik suvini koʻcha kolonkasidan tashib ichuvchilar uchun kishi boshiga kunlik 50 litr;

ichimlik suv tarmogʻiga ulangan, suv berish jadvali asosida suv beriladigan xonadonlar uchun kishi boshiga kunlik 200 litr;

ichimlik suvi tarmogʻiga ulangan xonadonlar uchun kishi boshiga kunlik – 350 litr;

suv sepish va sugʻorish maydonining har 1 metr kvadrati uchun kunlik 15 litr etib belgilandi.