Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Murojaat viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda "Yuqori Toʻpalang" milliy tabiat bogʻi xodimlari hamkorligida oʻrganildi. Oʻrganish natijasida boʻri Denov tumani "Ibn Sino" mahallasida yashovchi fuqaro M.I.ning xonadoniga kirib qolgani, fuqaro aholiga zarar yetkazmasligi uchun boʻrini uyida saqlagani va viloyat Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilgani maʼlum boʻldi.
Boʻrining salomatligi mutaxassislar tomonidan koʻzdan kechirildi va "Yuqori Toʻpalang" milliy tabiat bogʻi hududiga qoʻyib yuborildi.
Aholi turar joylarida yirtqich hayvonlarga duch kelganingizda vazirlik yoki vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalari ishonch telefon raqamlariga, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qiling, — deyiladi xabarda.