Xalqimiz oʼy-xayollari ezgulikka evrildi. Yurdoshlarimizning dunyoqarashi, tafakkuri yuksalib, farovonligi, turmush tarzi yanada yaxshilandi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qoʼllab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Bugun aholi ijtimoiy himoyasi – salomatligidan tortib ularning uy-joy bilan taʼminlanish darajasigacha ukumat eʼtiborida boʼlib kelmoqda. Bu borada, ayniqsa, aholining ijtimoiy koʼmakka muhtoj qatlamiga qaratilayotgan eʼtibor yurtimizda inson qadrini yuksaltirishning muhim shartlaridan biridir.
2022 yil 28 yanvarь kuni Prezidentimizning "2022 – 2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisidagi"gi farmoni imzolandi. Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasi 2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasining uzviy davomi boʼlib, bugungi global oʼzgarishlar, aholi turmush tarzi, hayot talabi va qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda yettita yoʼnalishda belgilab olindi.
Strategiyadagi har bir vazifa va maqsadlar joriy yil boʼlib oʼtgan saylov jarayonlarida bevosita fuqarolarimiz ishtirokida muhokamadan oʼtkazilib, hayotiy taklif va tashabbuslar bilan toʼldirildi. Boshqacha aytganda, xalqimiz bilan bamaslahat ishlab chiqildi. Demak, islohotlarni yangi bosqichda davom ettirish, avvalo, xalqimizning xohish-irodasidir.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, nogironligi boʼlgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj boʼlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida joriy yilning 17 fevralь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʼlgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʼllab-quvvatlashning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq nogironligi boʼlgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj boʼlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish boʼyicha 2022 yil 1 apreldan boshlab zarur ish stajiga ega boʼlmagan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji toʼliq boʼlmagan nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qoʼshimcha toʼlovni hisobga olgan holda 440 000 soʼmdan 622 000 soʼmga yetkaziladi.
Bunda 162 ming nafar yaqin fuqarolarning pensiya va nogironlik nafaqa miqdorlari qayta hisob kitob qilinadi.
Shuningdek, oʼzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʼlgan 18 yoshgacha bolalari va odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalari boʼlgan oilalarga har oyda 500 000 soʼm miqdorida yangi turdagi parvarishlash nafaqasi joriy etiladi.
Аkbar Kamilov,
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi
Toshkent shahar Shayxontohur tuman boʼlimi boʼlim boshligʼi