– Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi eng xalqchil va odamlarga eng yaqin davlat organi, shuningdek, kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish borasida yangi tizim. Shu oʻrinda, oʻtgan bir yil davomida vazirlik tomonidan amalga oshirilgan eng muhim statistik maʼlumotlarga toʻxtalib oʻtman. Zero, bu raqamlar ortida necha-necha yurtdoshlarimizning taqdiri, turmush farovonligi mujassam.
Ajralish yoqasiga kelib qolgan 20 952 ta oila yarashtirildi, 11 725 ta oilaning nikohi qonuniylashtirildi, oilaviy ajralishlar 3 559 taga kamaydi;
joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish asnosida Vazirlik tomonidan 30 yoshdan yuqori boʻlgan 11 ming nafar xotin-qizlarga banklar tomonidan 1 trln soʻmdan ortiq kreditlar ajratilishiga koʻmaklashildi. Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 3 335 nafar xotin-qizlarning kichik biznes loyihalari uchun 70 mlrd 922 mln soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 80 175 nafar (19%) xotin-qizlarning muammolari oʻrnatilgan tartibda hal etildi.
99 100 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi,
41 110 nafarining esa tadbirkorlik faoliyati yoʻlga qoʻyildi;
Pandemiya davrida vazirlikning hududiy boʻlinmalari qoshida tashkil etilgan “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik” markazlari orqali 733 210 nafar karantin davrida ishsiz qolgan, doimiy daromad manbaini yoʻqotgan va ehtiyojmand aholi vakillariga 85 mlrd 351 mln soʻm miqdorida oziq-ovqat va boshqa ijtimoiy yordam mahsulotlari yetkazib berildi;
“Temir daftar” tizimi asosida 600 mingga yaqin muhtoj oilaga moddiy yordamlar koʻrsatildi;
Vazirlikning “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi hisobidan 2 mlrd. 30 mln. soʻm mablagʻlar kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tariqasida berildi;
Vazirlik huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi hisobidan mahallalarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 4 mlrd 700 mln soʻm mablagʻ sarflandi.