Shuningdek, Oʻzbekistonda aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish tadbiri 2021-yil 1-25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.
Hukumat qarori bilan, yana quyidagilar tasdiqlandi:
- Oʻzbekistonda 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Oʻzbekistonda 2021-yilda sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish dasturi;
- Oʻzbekistonda 2021-yilda sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish varagʻi shakllari roʻyxati;
- Aholini roʻyxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Eslatib oʻtamiz, 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-son Prezident Farmonida Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olishni 2022-yilda oʻtkazish belgilangan edi.