Qonun (OʻRQ-1061-son, 05.05.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Qonun bilan kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, davlat mulki boʻlgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.
Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga boʻlinishi koʻzda tutildi.
Bundan tashqari, botanika bogʻlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida oʻsimlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.









