Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan hududlar kesimida sport sinovlarini o‘tkazish vaqti, joyi va sport inshootlarining manzillari, hakamlar haqidagi batafsil maʼlumotlar Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari portaliga joylandi.
Siz quyidagi havola orqali https://jtdss.uz/post/view/570 Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari portaliga kirishingiz va o‘zingiz yashaydigan hudud yoki manzilda sport sinovlari qachon o‘tkazilishini bilib olishingiz mumkin.
Unutmang, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash – bu sizning salomatligingizni mustahkamlash mezonidir!
Sportni rivojlantirish vazirligi