Ayni kunga kelib, Xonobod shahri va CHirchiq tumanining 10 dan ortiq mahallalarida kuzatuvlar o'tkazib bo'lindi.

eslatib o'tamiz, kuzatuvlarni amalga oshirishda Xonobod shahrida jami 71 ta va YUqori CHirchiq tumanida jami 70 ta instruktorlar, intervyuerlar hamda ma'lumotlarni elektron bazasini shakllantirish uchun operatorlardan iborat ishchi guruhlar biriktirilgan.

Kuzatuvlar Davlat statistika qo'mitasi Raisi o'rinbosari M.Ziyadullaev boshchiligida tuzilgan maxsus komissiya azolari ishtirokida o'tkazilmoqda. Kuzatuv bilan bog'liq masalalar va kuzatuv natijalari bilan tanishtirib boramiz.