Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz shahriga joylashgan «O.O.«MCHJlarga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasiga taʼminotchi omboridan oli kelingan 3,8 tonna Ai-80 markali avtobenzin belgilangan shoxobchaga olib borilmasdan, ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.
Bu kabi holat Fargʻona viloyatidagi “M.P.O.” MCHJga qarashli AYOQSHda ham AI-80-markali avtobenzin belgilangan shoxobchaga olib borilmasdan, ulgurchi sotilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.