“AI-80” benzinni qoʻlda qimmat narxda sotayotganlar aniqlandi

    Dolzarb 29 Fevral 2024 602

    Qashqadaryoda 6 nafar fuqarodan jami 624 litr benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻydi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar, Koson, Kasbi, Chiroqchi va Koʻkdala tumani boʻlimlari tomonidan FVB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda 6 nafar fuqaro yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida qimmat narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisini chakana sotish bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 624 litr benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar koʻrilmoqda.