AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechiladi

    Energetika 1 Iyun 2020 1722

    "O'zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev va "Ishchi guruh" a'zolari Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurib, zavod mutaxassislari hamda zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish loyihasini amalga oshiruvchi guruh bilan uchrashdilar.

    Boshqaruv raisi va "Ishchi guruh" a'zolari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Neft` va gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to'g'risida" 2020 yil 4 apreldagi PQ-4664-sonli qaroriga muvofiq neft` narxlarining global o'zgarishi sharoitida korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, zavodning mavjud texnologik quvvatlari, etkazib berilayotgan xom ashyo narxlari, jumladan mahaliy neft narxiga va 2020 yil 1 maydan kuchga kirgan birja savdolari orqali neft` mahsulotlarini sotish tartibiga alohida e'tibor qaratishdi.

    Tashrif davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Mahsulotlarni ichki va eksport bozorlarida sotish, xom ashyo bazasini aniqlash va ta'minlash, loyihaning texnik va iqtisodiy ko'rsatkichlari, neft narxidagi o'zgarishlarning turli variantlari bo'yicha loyihaning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, shuningdek zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish investitsiya loyihasini qaytarish masalalari ko'rib chiqildi.

    Zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish bo'yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish, shuningdek Evro-5 talablariga javob beradigan dizel` yoqilg'isini ishlab chiqarishga o'tish kutilmoqda.

    Boshqaruv raisi va "Ishchi guruh" a'zolari tashrif davomida zavodning asosiy ishlab chiqarish ob'ektlarini ko'zdan kechirishdi va rejalashtirilayotgan yangi texnologik qurilmalarning qurilishi joyi bilan tanishdi.

    ashrif yakunida investitsion loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun taqdimotni tayyorlab topshirish, shuningdek, FEED loyihasini, shu jumladan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit shartlari bo'yicha takliflarni o'rganish va joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi (uzoq muddat uchun eng past foiz bilan).