AIBA va WBA rahbarlari uchrashishdi

    Sport 6 Iyul 2020 1893

    Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasining vaqtincha prezidenti Muhammad Mustaxsan va Butunjahon bokschilar assotsiatsiyasi rahbari Jilberto Mendosoy WBAning 99-kongressi jarayonida uchrashishdi hamda ikkita boks tashkilotining xalqaro hamkorlik ishlarini muhokama qilishdi.

    AIBA matbuot xizmati tarqatgan axborotda uchrashuv jarayonida aynan nima masalalar toʻgʻrisida soʻz ketganligi aytilmagan boʻlsada, kelajakda boksni jahon maydonida yana-da rivojlantirish borasida hamkorlikni yangi bosqichiga qadam qoʻyish vaqti kelganligini aytishgan.

    Ekspertlarning fikricha, havaskor va professional boks tashkilotlari rahbarlarining yaqin munosabatlari 2015-yildan mavjud. Ammo bu Xalqaro olimpiya qoʻmitasi ishonchini yoʻqotgan AIBAning maveini tiklashga qay darajada taʼsir koʻrsatishi noayon.

    Zotan, bundan ikki yil muqaddam XOQ bilan kelib chiqqan muammolar oqibatida AIBAning olimpiya oʻyinlarida boks musobaqalarini boshqarish tizimidan mosuvo etilganligi, vaziyatdan chiqish yoʻllari murakkabligicha qolayotganligi va bu masalalar qachon oʻz yechimini topishi nomaʼlumligicha qolmoqda.

    Toʻlqin ROʻZIYEV.