9-iyun kuni Qozogʻistonning “Air Astana” aviakompaniyasi Almati-Samarqand-Almati yoʻnalishida Samarqandga ilk qatnovni amalga oshirdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Qozogʻistonning Samarqanddagi bosh konsulxonasi va “Air Astana” aviakompaniyasi vakillari, Qozogʻistonning Samarqanddagi konsuli Arsen Abduraxmanov, viloyat hokimi oʻrinbosari, viloyat turizm va sport boshqarmasi boshligʻi B.Nurillayev hamda boshqa masʼullar ishtirok etishdi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 8-iyun kuni “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan “Samarqand – Almati – Samarqand” yoʻnalishida yoʻlga qoʻyilgan aviaqatnovning birinchisi amalga oshirilgan edi. Milliy aviakompaniya tomonidan Qozogʻistonga haftaning har seshanba va shanba kunlari parvoz amalga oshirilmoqda. “Air Astana” aviakompaniyasi esa haftaning har chorshanba va yakshanba kunlari oʻz reyslarini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Uchish vaqti: Samarqanddan Olmaotaga 1 soat 55 minut, Olmaotadan Samarqandga esa 1 soat 35 minut.