Birinchi bosqichda reyslar haftada ikki marta, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Kelgusida muntazam reyslar Tbilisi, Dubay, Jidda va Turkiyaning bir qator shaharlariga amalga oshirilishi rejalashtirilyapti, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Istanbul Samarqanddan muhim va sertalab yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Turkiyaning yirik shahrini Oʻzbekiston bilan koʻp asrlik madaniy, tadbirkorlik va sayyohlik aloqalari bogʻlab turadi. Air Samarkand aviakompaniyasining aviareysining ishga tushirilishi Samarqand va qoʻshni viloyatlar aholisiga turli yoʻnalishlarga toʻgʻridan toʻgʻri sayohat qilish, mehmonlarga esa oraliq manzillarni chetlab oʻtib, Samarqandga tashrif buyurish imkoniyatini yaratadi. Bu esa oʻz navbatida mintaqaning sayyohlik salohiyatini kengaytirishga va sayyohlar oqimining oshishiga, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.