Hozirgi paytda uchuvchilar «Uzbekistan Helicopters» muhandislari va texnik xodimlari bilan birgalikda mazkur modellardan foydalanish tajribasini o‘zlashtiryapti. «Airbus»ning H125 va H130 vertoletlari arzon va sifatli parvoz xizmatlari tufayli aholining harakatchanligini oshiradi, — deya ta'kidladi «Uzbekistan Helicopters» rahbari Aziz Safiullin.
Bu «Airbus»ning O‘zbekiston hukumati bilan hamkorligining yangi bosqichi. «Ecureim» oilasiga kiruvchi ko‘pfunksionalli va ishonchli vertoletlari mamlakatingiz iqlimi talablariga to‘liq javob bera oladi», — dedi «Airbus Helicopters»ning O‘zbekistondagi sotuv ishlari bo‘yicha direktori Romen Lana.
O‘zida yuqori sifatni, umumiylikni, past darajadagi ekspluatatsiya harajatlarini qamrab olgan ko‘p maqsadga mo‘ljallangan H125 (avvalgi nomlanishi: AS350 B3e) vertoleti baland tog‘ va issiq iqlim sharoitida ham parvozlarni amalga oshira oladi.
«Ecureim» oilasiga kiruvchi boshqa vakil sanalmish H130 rusumli yengil bir dvigatelli vertolet VIP va yo‘lovchi tashishga, sayyohlik parvozlarini amalga oshirishga, sanitar aviatsiyasi va kuzatuv operatsiyalariga mo‘ljallangan. Ko‘p maqsadli keng salonli H130ni bir nafar pilot boshqarishiga qaramay, tana hajmiga qarab, yetti nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi, deb xabar beradi «AviaStat» «Airbus» kompaniyasi ma'lumotiga tayanib.