Bu haqda partiya matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 mart kuni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun qabul qilindi. Unga koʻra, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilishi belgilandi.
Shu bilan birga, mutaxassislar mavjud choralar hali yetarli emasligini, mazkur masala tizimli va kompleks huquqiy yondashuvni talab qilishini taʼkidlmoqda.
Maʼlum qilinishicha, qonun loyihasi ilgʻor xorijiy tajriba asosida tayyorlanib, unda nafaqat jazo choralari, balki muammoning ildiziga taʼsir qiluvchi qator mexanizmlar nazarda tutilgan.
Jumladan:
- hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat hisoblanadigan xatti-harakatlarni qonun bilan aniq belgilash va ushbu harakatlarni qatʼiy taqiqlash;
- hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish harakatlari uchun jinoyiy javobgarlikni qayta koʻrib chiqish, bunda bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha jarima qoʻllash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (amaldagi 50 barobargacha va 6 oy ozodlikdan mahrum qilish);
- aybdor shasxlarga javobgarlik qoʻllanilishi bilan birga hayvonlarga yetkazilgan jarohatlar uchun aybdor hayvonni sogʻligini tiklash bilan bogʻliq veterinariya xarajatlarini toʻliq qoplashi shartligini belgilash (hatto bu xarajatlar hayvonning bozor qiymatidan ancha yuqori boʻlgan holatlarda ham);
- hayvonlar bilan jamoat joylarida boʻlish uchun qulay muhitlarni (Pet-friyendly) tashkil etish, jumladan koʻzi ojizlarga hamrohlik qiluvchi itlar (it-yoʻlboshlovchilar) va emotsional koʻmakchi hayvonlarni jamoat transportida olib yurishda imtiyoz berishni qonuniy mustahkamlash;
- hayvonlar egalarning ularni himoya qilish, veterenariya xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish, qarovsizlik qoldirmaslik kabi majburiyatlarini belgilash, hayvonlarni tashlab ketish holatlariga barham berish;
- taʼlim muassasalarida va ommaviy axborot vositalarida hayvonlarga gʻamxoʻrlik va ularga mehrli munosabatda boʻlish madaniyatini shakllantirishga oid tushuntirish va xabardorlikni oshirish ishlarini olib borish hamda shafqatsiz munosabatni va uning targʻibotini taqiqlash kabi muhim yoʻnalishlar qamrab olingan.
Taʼkidlanishicha, ushbu qonunning qabul qilinishi nafaqat hayvonlarni himoya qilish, balki jamiyatda insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga ham xizmat qiladi.