Ajabo... Temir Mayk.. kongolik ekan

    Sport 11 Iyul 2020 1415

    Kecha amerikalik afsonaviy bokschi Mayk Tayson oʻzining genetik kelib chiqishiga doir test topshirdi.

    Tekshiruv natijalari va DNK xulosasiga koʻra, professional boksda 56 ta jang oʻtkazib, 50 tasida gʻoliblikka erishgan Mayk Taysonning kelib chiqishi kongolik boʻlib chiqdi.

    Jurnalistlarga bergan intervyusida u oʻzining genetik kelib chiqishi xususidagi DNK xulosalaridan biroz ranjiganligini yashirmagan.

    — Haqiqatan mening ota-bobolarim asli kongolik. Lekin men amerikalikman. Bu shunchaki tekshiruvning oddiy xulosasi. Lekin ular(kongoliklar)ning qiyofasi menga qaysidir jihatlari bilan oʻxshashligini oldin ham eshitgan edim, — deya taʼkidlagan Tayson.

    Toʻlqin ROʻZIYEV.