Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Abdulla Ubaydullayev – Markaziy Osiyoda mashhur internist olim, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi, Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti) pulmonologiya va klinik allergologiya kafedrasi mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi bosh pulmonologi boʻlib ishlaganlar, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi.
A.Ubaydullayev Respublikamizda bronx-oʻpka kasalliklari oʻz vaqtida aniqlash, irsiyatning taʼsiri, davolash, uning kelib chiqishida ekologik oʻzgarishlar taʼsirini oʻrgandi. Bu vaqt orasida Respublikamizda 6000 dan ortiq pulmonologlar va umumiy amaliyot vrachlarini malakasini oshirishda faol qatnashib kelmoqda.
A.Ubaydullayev 25 nafar tibbiyot fanlari doktorlari va 39 nafar fan nomzodlarini yetishtirib, Oʻzbekistonda eʼtiborli pulmonologlar maktabini yaratgan.
«Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Abdulla Ubaydullayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz», deyiladi xabarda.








