Qarorga koʻra, 2021-yildan boshlab har yili kamida bir marta respublikada ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Akademik harakatchanlik” va “Boʻlajak olim” tanlovi tashkil etiladi.

“Boʻlajak olim” tanlovini tashkil etish va moliyalashtirish uchun har yili ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 50 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratiladi.

Shuningdek, yoshlar uchun eʼlon qilinadigan startap loyihalari tanlovi talablarining soddalashtirilgan tizimi ishlab chiqiladi.

Iqtidorli yoshlar xorijiy OTM va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovka oʻtashga davriy ravishda, tanlov asosida, har yili kamida bir marotaba yuboriladi.