Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.Ch. fuqarolar S.X. va S.T.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 3 000 AQSH dollari evaziga Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Akademik litseyga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan  jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.