2026-2027-o‘quv yilida Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik lisyeyi, Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga hamda davlat oliy ta’lim muassasalari huzuridagi Akademik litseylarga o‘qishga kirish test sinovlari 24-iyul va 25-iyul kunlari (2 kun) bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 09:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.edu.uz sayti orqali berilmoqda. Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.
Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Abituriyent test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!