Akademik Naim Karimov vafot etdi

    Tashvishli xabar 17 Sentabr 2023 2056

    O'zbekiston Respublikasi fan arbobi Naim Karimov 1932 yili tug'ilgan.

    N.Karimov Toshkent Davlat universiteti (hozirgi milliy universitet)ni bitirgandan beri Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida xizmat qilib kelgan. Olim o'nlab kitoblar, yuzlab maqolalar muallifi. Beruniy mukofoti laureati, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi. Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo'lidagi xizmati uchun “El-yurt hurmati” ordeniga sazovor bo'lgan. 2022 yilda «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi» unvonini olgan.

    “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati jamoasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.