Akademik Nazar Toʻrayev 85 yoshida vafot etdi

    Tashvishli xabar 3 Oktabr 2023 1231

    U nazariy fizika masalalarini kompyuterda algoritmlab yechishni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib amalga oshirgan.

    Fanlar akademiyasi akademigi, taniqli fizik olim Nazar Toʻrayev 3-oktyabr kuni 85 yoshida vafot etdi.

    Bu haqda OʻzR Fanlar akademiyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Nazar Toʻrayev 1938-yili Denov tumanida tugʻilgan. Fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1988), fizika-matematika fanlari doktori (1980), professor (1982).

    Nazar Toʻrayevning ilmiy ishlari atom zarralarning qattiq jismlar sirtida sochilishi nazariyasi, ionlarning birlamchi va ikkilamchi sochilishiga oid. U nazariy fizika masalalarini kompyuterda algoritmlab yechishni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib amalga oshirgan. Uning rahbarligida lazer nuri bilan qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlarini nurlantirish ilmiy laboratoriyalari tashkil etilgan.

    Oʻzbekiston Oliy Kengashi deputati (1990-95). “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1998).