Sh.Yusupov uzoq yillar mamlakatimizda xalq amaliy sanʼati anʼanalarini saqlash, xususan Rishton kulolchilik maktabini tiklashga oʻzining munosib hissasini qoʻshdi. Shu bilan birga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati bilan muntazam ijodiy hamkorlik qilib keldi.
Islom sivilizatsiyasi markazi jamoasi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati









