Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Janubiy Koreya universiteti hamkorligida 10-xalqaro respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazilmoqda. U profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolariga bag'ishlandi.
Anjumanda jahonda, xususan, mamlakatimizda ekologiya, atrof-muhit muhofazasiga bog'liq dolzarb muammolar hamda ularni hal etishga doir ma'ruzalar tinglanmoqda. Ayniqsa, Nobel` mukofoti laureati Ray Kvon CHungning ma'ruza bilan qatnashgani yig'ilganlarda alohida qiziqish uyg'otdi.
JSST ma'lumotiga ko'ra, atmosfera va xonalar havosining ifloslanishi sababli har yili taxminan 7 million kishi dunyodan ko'z yummoqda.
Konferentsiya davomida Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari, Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, S.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti hamda Ostona tibbiyot universitetidan onlayn ma'ruzalar kutilmoqda.











