Akbar Jo‘rayev Olimpiada rekordi bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi!

    Sport 3 Avgust 2021 2095

    Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida delegatsiyamizning uchinchi medalni olib keldi. Hamyurtimiz jamoamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ymoqda.

    Dast ko‘tarish mashqida 193 kg natija qayd etib, raqobatchisi armanistonlik Simon Martirosyandan 2 kg ortda qolayotgan Jo‘rayev siltab ko‘tarish mashqi yakunida raqibini katta farq bilan ortda qoldirib delegatsiyamiz hisobiga oltin medal qatori Olimpiada rekordini ham qo‘shib qo‘ymoqda. Umumiy natija 430 kg!

    O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi qo‘lga kiritilgan navbatdagi muvaffaqiyat bilan Akbar Jo‘rayev va uning yaqinlarini, barcha muxlislarimizni qutlab qoladi. Olimpiadaning qolgan kun dasturlarida qatnashadigan vakillarimizga ham chiroyli g‘alabalar tilab qolamiz. Olg‘a, O‘zbekiston!