Seminarga Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Fudjiyama Yoshinori faxriy mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Yaponiya elchixonasi mas'ul kotibi Zikrullo Nazirov  ikki mamlakatning o'zaro madaniy aloqalarida raqs san'atining alohida o'rni va ahamiyati haqida o'z fikr-muloxazalarini bildirib o'tdi.

Tadbirning amaliy qismida raqqosa, xoreograf va rejissyor, professor Akiko Kitamura yapon zamonaviy raqsining shakllanish tarixi va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida taqdimot o'tkazdi. Taqdimot davomida onlayn mahorat darslari olib borilib, yapon zamonaviy raqslaridagi harakat va holatlar ham nazariy, ham amaliy jihatdan namoyish etildi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.