22 Mar 2025
09:36

    Akmal Shukurov Qozogʻistondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

    Yakkasaroy tumanidagi “12” (Twelve) tungi klubi oldida sodir boʻlgan voqea yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergovdan yashirinib kelgan Akmal Shukurov Qozogʻistondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

    Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

    Yakkasaroy tumanida sodir etilgan jinoyat boʻyicha olib borilgan tergov harakatlari davomida 1995-yilda tugʻilgan Akmal Shukurov tergovdan qochib yashirin.

    Shu sababli unga nisbatan sirtdan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik«) va 104-moddasi («Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish«) bilan ayb eʼlon qilinib «Qamoqqa olish« ehtiyot chorasi qoʻllangandi.

    Qidiruv eʼlon qilingani va Qozogʻiston Respublikasida ushlanganli haqida xabar berilgan edi.

    Hozirda Akmal Shukurov Qozogʻiston Respublikasidan Toshkent shahriga ekstraditsiya qilinganligini va tergov harakatlari davom etmoqda.

    Mazkur holat boʻyicha tergov harakatlari toʻliq va xolisona olib borilib, qonun ustuvorligi va jinoyat uchun jazo muqarrarligi taʼminlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech