Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turgʻunovaning vakolatlari ham tugatildi.
Prezidentning 2025-yil 25-dekabrdagi farmoyishlariga muvofiq:
- Mirzajonov Murodjon Kodirovich – yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 79-moddasi 1-qismining 2,10-bandlariga asosan sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari – jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek:
- Gʻaniyev Farxodjon Boqijonovich ‒ sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari – jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisi lavozimidan ozod etildi.
- Ababakirov Murodjon Abduqoxorovich ‒ sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Andijon viloyat sudi raisining oʻrinbosari ‒ jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga tayinlandi.