Joriy yilning 28-noyabr kuni poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Toshkent GЭSlar kaskadi” unitar korxonasida jamiyatning “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tashabbusi bilan «9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Unda jamiyat ijro apparati boshqarma va boʻlim boshliqlari, “Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi”, “Chirchiq GESlar kaskadi”, “Qodiriya GESlar kaskadi” UK rahbariyati va masʼul xodimlari, Yunusobod tumani prokuraturasi vakili, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda maʼruzachilar tomonidan jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati; uning ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarga doir taqdimot oʻtkazildi. Shuningdek, jamiyatda GESlarni ekspluatatsiya qilish, kadrlar siyosati, xaridlarni muvofiqlashtirish, raqamlashtirish va AKTni joriy etish borasida olib borayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun “Toshkent GESlar kaskadi” unitar korxonasining modernizatsiyadan soʻng yangilangan “Boʻzsuv GES-1» faoliyati bilan tanishishdi.

 “Oʻzbekgidroenergo” Axborot xizmati