Uchrashuv davomida AKT sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik, sohalari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishda sohadagi ishlarni hamkorlikda amalga oshirishni alohida taʼkidladi.
Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta eʼtibor va intilishni alohida taʼkidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, Oʻzbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-sentyabrda qabul qilingan “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan masalalar ham muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.