O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi qaroriga muvofiq, Pekos Oleg Andreevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O.Pekos shu vaqtga qadar «O'zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasi «Telekommunikatsiya transport tarmog'i» filiali direktori lavozimida faoliyat ko'rsatib kelgan.
SHu bilan birga, O.Pekos faoliyati davomida «O'zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. M.A.Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida «Axborot tizimlari va texnologiyalari muhandisi» mutaxassisligi bo'yicha tahsil olgan.
Pekos Oleg Andreevich 1988 yilda Toshkent viloyatida tug'ilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi qaroriga muvofiq, Maxsudov Jamol Tilloevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
J.Maxsudov shu vaqtga qadar «O'zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatib kelgan.
J. Maxsudov faoliyati davomida «O'zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o'rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa institutida «elektr aloqa muhandisi» mutaxassisligi bo'yicha tahsil olgan.
Maxsudov Jamol Tilloevich 1972 yilda Buxoro viloyatida tug'ilgan.
SHu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatayotgan YUldashev Kahramon Anvardjanovich AKT vazirining agrar sohasini raqamlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga, egamberdiev Jamshid SHarifjonovich AKT vazirining investitsiyalar va moliya masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga, Olmatov Baxromjon Adxamovich AKT vazirining axborot xavfsizligi va rejim masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.