Shundan kelib chiqib Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Microsoft kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv oʼtkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Yigʼilishda  Microsoft  kompaniyasi, Аmerika-Oʼzbekiston Savdo Palatasi  va Oʼzbekistonning АQSHdagi elchixonasi vakillari  ishtirok etdi.

Uchrashuvda hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yoʼnalishlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, IT-taʼlimni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratish, ushbu jarayonlarga koʼproq yoshlarni jalb etish, malakali kadrlar tayyorlash masalalari koʼrildi.

Shuningdek, АKT vazirligi tomonidan Oʼzbekistonda kompaniyaning ofisini ochish taklifi berildi.

Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va qoʼshma loyihalarni amalga oshirish boʼyicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.