Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga asosan, Hukumat farmoyishi bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri o'rinbosari boshchiligida tashkil etilgan maxsus komissiya kecha, 4 aprel kuni Qozog'iston Respublikasi Aktobe oblastiga etib bordi.

Maxsus komissiya a'zolari Qozog'iston Respublikasining mas'ul idoralari rahbarlari bilan uchrashib,  belgilangan tashkiliy va amaliy tadbirlarni hamkorlikda olib borishdi. Shundan so'ng O'zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus bortida yo'l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan fuqarolar Qozog'iston Respublikasidan 5 aprel kuni soat 03:00 larda Surxondaryo viloyatidagi “Termez” xalqaro aeroportiga olib kelindi.

Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini o'tkazish bo'yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.