Voqea Massachusets shtatining Istxem shahridagi sohil bo'yida sodir bo'ldi. Erkaklar o'sha kuni Stiven Spilbergning “Jag'lar” filmi suratga olish joyi yaqinida bo'lishgan, o'shanda ulkan akula ularga hujum qilgan. Syorferlardan biri Rey Trauts Surfer Magazine jurnaliga o'z syorfida turganida katta akulani ko'rib qolganini aytdi. Akula uning amakivachchasi Pit Emond tomon harakatlanayotgan edi, u ham syorf ustida edi.
Bir payt akula bir dumalab, Pitni ushlab olishga urindi. Buni ko'rgan Rey amakivachchasiga yirtqich uni ta'qib qilayotganini aytib, eshkagi bilan akulani turtdi. Shundan so'ng u keskin tarzda u tomon o'girilib oldi.
“Men Pitga tezda qochib qolib, qirg'oqqa chiqib olishi kerakligini aytib qichqirardim, akula esa orqamda aylanib yurardi”, dedi u.
Biroz vaqt o'tgach, syorfingchilar quruqlikka chiqishdi, ulardan hech biri jabrlanmadi, deb xabar beradi mir24.tv.









