MDH mamlakatlari bugungi kunda sugʻurtali tibbiyot davriga qadam qoʻygan. Va bunda Oʻzbekiston qoʻlga kiritgan tajribasi juda qiziq. Xususan, forumda taʼkidlanganidek, 2021-yilda Rossiyaning Majburiy tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tibbiy xizmat koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, xususan, klinik tavsiyalarga rioya etilmaganlik uchun tibbiyot muassasalarini 202 milliard rubl jarimaga tortgan.
Boshqacha qilib aytganda, qanday qilib bemorlarga tibbiy sugʻurta talablarini buzmasdan tibbiy, jumladan, akusherlik va ginekologiya yoʻnalishi boʻyicha ham yordam koʻrsatish kerakligi haqida hujjat boru, lekin ularga toʻliq rioya etish — yoʻq. Bu borada mutaxassislar perinatal tibbiyotning ona va bola sogʻligini zamonaviy xalqaro standartlar va tavsiyalar pozitsiyasidan saqlash uchun hisobga olish kerak boʻlgan oʻziga xosligini muhokama qildilar.
Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIAGIATM) ning kadrlar tayyorlash va shifokorlar malakasini oshirish boʻyicha direktor oʻrinbosari T.F. Abduraimov maʼruzasi ham konferens-marofonda maʼlum qiziqish uygʻotdi. Maʼruzada ona sepsisini tashxislash, davolash va profilaktika qilish masalalari koʻrib chiqilgan.
Mazkur muammo dolzarbligicha qolyapti. Chunki dunyo boʻylab har yili 260 000 ayol va 1 milliongacha yangi tugʻilgan chaqaloq ona sepsisi tufayli hayotdan koʻz yumyapti. Shu tufayli Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mamlakatlarni sepsisni tashxislash, davolash va profilaktika qilishni milliy sogʻliqni saqlash tizimiga kiritishga chaqiryapti.
RIAGIATM vakili oʻz maʼruzasida turli mamlakatlarning, jumladan Oʻzbekiston tibbiyotiga ham xos boʻlgan umumiy muammolarni taʼkidlab oʻtdi. Shular qatorida akusherlik amaliyotida sepsisni erta tashxislash, oʻz vaqtida intensiv terapiya va profilaktika koʻrsatish zarurligi ham qayd etilgan. Ayniqsa sepsisni septik shokka kiritish boʻyicha tavsiyalar aks etgan Milliy klinik protokollarga rioya etish muhimligi qayd etilgan.
Shuningdek, Rossiyaning madaniyat poytaxtida boʻlish doirasida RIAGIATM va Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vazirligi D,O.Otta nomidagi akusherlik, ginekologiya va reproduktologiya ilmiy tekshirish instituti oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik oʻzbekistonlik va rossiyalik homilador va tugʻadigan xotinlarga tibbiy yordam koʻrsatish xizmati mutaxassislari: akusher-ginekologlar, neonatologlar, anesteziolog-reanimatologlar hamkorligini yuqori sifat darajasiga koʻtarish imkonini beradi.
Shuni taʼkidlaymizki, “Perinatal tibbiyot: tugʻishga tayyorgarlikdan sogʻlom onalik va bolalikkacha” IX konfrens-marafonida yettita mamlakatdan 1 157 kishi bevosita, shuningdek, 1 158 nafar onlayn-ishtirokchilar qatnashdi. Shuningdek, bu yerda 210 nafar mutaxassis soʻzga chiqdi, hamda 510ta maʼruza tinglandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.